Новости

BITIRUVCHI – 2026: ORZU VA MAQSADLAR SARI MUHIM QADAM

22.06.2026

Nukus shahridagi San’at saroyida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Bitiruvchi – 2026” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori O. Xalimov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bitiruvchilarni ta’limdagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan qutladi hamda ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosim davomida bitiruvchilarning shifokorlik kasbiga sadoqatini ifodalovchi tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘qish davomida yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir bayramona ruhda davom etib, san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. “Bitiruvchi – 2026” tadbiri yosh mutaxassislarni yangi hayot bosqichiga kuzatish, ularning erishgan yutuqlarini e’tirof etish hamda kelajakdagi faoliyatiga ezgu tilaklar bildirishga bag‘ishlandi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com