Yangiliklar

Giyohvandlik – kelajak kushandasi

31.01.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish» oyligi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Z.Aleuov, O‘zR IIV Tezkor qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.Matlyubov, QR IIV Tezkor qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati boshqarmasi boshlig‘i polkovnik D.Latipov hamda mas’ul xodimlar, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari yoshlar o‘rtasida psixotrop moddalarni iste’mol qilish holatlari yildan-yilga ortib borayotgani, buning ijtimoiy va jismoniy oqibatlari haqida ma’lumot berib, kun tartibidagi masala bo‘yicha yoshlar o‘rtasida tegishli targ‘ibot va tushuntirish ishlarini davom ettirish zarurligini ta’kidlab, bu borada tegishli tavsiyalar berdi.

Psixotrop moddalar – bu markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi, odamning his-tuyg‘ulari, fikrlari va xulq-atvorini o‘zgartiruvchi moddalar bo‘lib, ularning salbiy ta’siri insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga sezilarli darajada zarar yetkazishi mumkin. Tibbiyot sohasi talabalari ushbu moddalarning jiddiy salbiy oqibatlari va ularning ijtimoiy, sog‘liqni saqlash va psixologik jihatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.

© 2025 kkmi