Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi
09.09.2024 Поделиться
Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi
KMIda yangi o‘quv yili tantanali yig‘ilish bilan boshlandi. Institut rektori talabalar va xodimlarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabriklab, joriy yilda institutga o‘qishga kirganlarni alohida tabrikladi.
Tajribali o‘qituvchilar erishilgan yutuqlar va o‘qish sharoitlari haqida so‘zlab berishdi. Barcha o‘quv guruhlarida yangi o‘quv yilining boshlanishi O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Faqat birlashgan – yagona xalqmiz, faqat birga – kuchli davlatmiz” shiori ostida ma’ruzalar o‘tkazildi.” Mashg‘ulotlarni rektorat a’zolari, kafedra mudirlari hamda tajribali professor-o‘qituvchilari olib borishdi.
Eng ulug‘, eng aziz bayramga bag‘ishlangan tadbir va tantanalar navqiron avlod ongi va qalbida o‘chmas iz qoldirishi uchun yuksak saviyada tashkil etildi. Ushbu maqsadlar uchun institutda universitet talabalari uchun alohida chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish ko’zda tutilgan.