Yangiliklar

O‘quv yili boshlanishi bilan rektorning tabrigi

09.09.2024

Hurmatli o’qituvchilar, talabalar, ordinatorlar va magistrlar, klinika shifokorlari va Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti xodimlari! Hurmatli birinchi kurs talabalarimiz!

Barchangizni Yangi o’quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi o‘quv yilida bizni yangi marralar va yorqin g‘alabalar sari katta, shiddatli jarayon kutib turibdi! Ta’lim sifatini oshirish, tibbiyot asoslarini chuqur anglash, davolashning yangi usullarini izlash, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, fuqarolarimiz salomatligini mustahkamlash borasida hamjihatlikda, eng dadil va ijodiy maqsadlarni qo‘yamiz.

Eng insonparvar kasbni tanlab, mamlakatimizdagi eng ilg‘or tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan biri Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan birinchi kurs talabalarimizni katta quvonch bilan kutib oldim. Bu yil bizning dasturimizga 400 dan ortiq talabalar kirdi, shuningdek, birinchi marta Sankt-Peterburg Davlat Pediatriya Universiteti bilan qo’shma dastur bo’yicha o’qishni boshlamoqda! Shuningdek, safimiz Rossiya, Pokiston, Hindiston, Turkmanistondan kelgan xorijlik talabalar bilan to‘ldirildi.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida sifatli ta’lim olish, amaliy ko‘nikmalarni egallash, ilmiy izlanishlar olib borish, bo‘sh vaqtlarini sifatli o‘tkazish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. 17 davlatning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi 2 yil davomida institut rahbariyati tomonidan institut Klinikasida moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun 10 million dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etishga erishildi. Grant tadqiqot loyihalari amalga oshirilmoqda. 

Professor-o‘qituvchilarning, hurmatli ustozlarimizning beqiyos mehnatini alohida ta’kidlamoqchiman; yoshlar tarbiyasidagi mashaqqatli mehnatlari, o‘z ishiga fidoyiliklari uchun rahmat. Sizning bebaho tajribangiz bizga tibbiyot xodimlarining navqiron avlodini tarbiyalash imkonini beradi – bitiruvchilarimiz ham birlamchi tibbiyot muassasalarida, ham mamlakatimiz va undan tashqarida ham yetakchi ilmiy markazlarda mehnat qilmoqda.

Ishonchim komilki, yangi o’quv yili samarali, muvaffaqiyatli, quvonchli voqealar va yangi yutuqlarga boy bo’ladi. Yangi o‘quv yilida barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori,

professor, Oral Aminovna Ataniyazova

© 2024 kkmi