Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining (JICE) O‘zbekistondagi JDS loyiha ofisi 2025-2027-yili uchun JDS loyihasiga 2024-yil 4-sentabrdan tanlov boshlanganligini e’lon qiladi
18.09.2024 Поделиться
Loyiha tanlovida ishtirok etish uchun arizalar 2024-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
JDS loyihasining maqsadi yosh davlat xizmatchilariga Yaponiya universitetlarida magistraturada o‘qish imkoniyatini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy salohiyatini mustahkamlashdan iborat. Muvaffaqiyatli saralangan nomzodlar kelgusida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlariga jalb etilishi hamda mamlakat taraqqiyotida yetakchi o‘rinlarni egallashi ko’zda tutilgan.
Beriladigan daraja: Ta’lim magistri va PhD darajasi
Onlayn ariza topshirish talablari:
- Qisqacha insho (belgilangan shakl)
- Tadqiqot rejasi (belgilangan shakl)
- Universitet diplomi/ilmiy daraja to‘g‘risida guvohnoma (notarial tasdiqlangan nusxasi)
- Universitetning akademik o‘zlashtirish to’g’risidagi transkript (notarial tasdiqlangan nusxasi)
- Tavsiyanoma (belgilangan shakl)
- Ish joyidan ma’lumotnoma (Mehnat daftarchasi)
- Pasport nusxasi (agar iloji bo’lsa – xalqaro pasport (majburiy emas))
- Shaxsni tasdiqlovchi fotosurat (JPG, JPEG, PNG, GIF; 4×3)
- IELTS sertifikati (agar mavjud bo’lsa);
- Izoh xati (agar mavjud bo’lsa) (Agar guvohnomangizda noto’g’ri ism yoki tug’ilgan sana kabi noto’g’ri ma’lumotlar bo’lsa, siz izoh xatini topshirishingiz kerak)
Belgilangan shakllarni JDS veb-saytidan yuklab oling
Ariza topshirish uchun eslatma: Hujjatlarni elektron versiyada (PDF) sifatli tayyorlang. Ariza topshirishni boshlashdan oldin barcha hujjatlarni tayyorlaganingizga ishonch hosil qiling.
Murojaatlar uchun:
JICE JDSning O’zbekistondagi loyiha ofisi
Elektron pochta: jjds.uzbekistan1@jice.org
Tel: 78-140-15-60, 78-140-15-60-61
Ish vaqti: 9:00-13:00 / 14:30-17:30, dushanbadan jumagacha
Manzil: 100084, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat
Tanlovda qatnashuvchilar hujjatlarni topshirish bo‘yicha amaliy yordam olish uchun Qoraqalpog’iston tibbiyot institutining ilimiy bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin. (+998973551972 Azima)