Yangiliklar

Talabalar yozgi oromgohi — bilim, salomatlik va ijod makoni!

24.07.2025

#Dolzarb_90_kun

Yozgi ta’til faslida mamlakatimiz talaba-yoshlari uchun chinakam imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Ayniqsa, ularning vaqtini mazmunli, foydali va maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Talabalar yozgi oromgohi” bunga yorqin misoldir.

Bu oromgoh nafaqat dam olish, balki yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sport va madaniy-ma’rifiy faoliyatlarda faol qatnashish uchun ham keng maydon yaratmoqda.

Har bir oliy ta’lim muassasasi singari, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi ham ushbu tashabbusga faol qo‘shilib, talabalari uchun qiziqarli va foydali to‘garaklar, mahorat darslari, sport musobaqalari hamda dolzarb mavzularda ochiq muloqotlar tashkil etmoqda.

✅ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bu oromgohni talabalari uchun nafaqat hordiq, balki yangi bilim va ko‘nikmalar manbaiga aylantirishni maqsad qilgan.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com