Yangiliklar

Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunihujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi

12.02.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar tomonidan talaba yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonuni hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining birinchi, toʻrtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-957-son Qonunining 25-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borildi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com