Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida mamlakat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

24.04.2025

2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida maxsus ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov olib bordi. U o‘z so‘zida qarorning ahamiyati, mamlakatimizdagi huquqiy madaniyatni oshirish va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda:

  • Institut rektori maslahatchisi A.Allaniyazov,
  • Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tumani sudi tergov sudyasi G.Utepbergenova,
  • Institut profilaktika inspektori T.Qarlibayeva,
  • Rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Erimbetovalar ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy tarbiyani kuchaytirish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, hududlarda «Xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir ishtirokchilariga amaldagi qonunlar, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari hamda har bir fuqaroning jamiyat xavfsizligini ta’minlashdagi faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy va ijtimoiy mavzulardagi savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. Bu esa ularning huquqiy bilimini oshirishda va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com