KORRUPSIYAGA QARSHI FAOLIYAT

Korrupsiyaga oid videoroliklar

Tibbiyot sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining «Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish» qo‘mitasi, Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida muhim uchrashuv tashkil etildi.

🔹 Tadbirda Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish nazorati bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasining mazmuni va ahamiyati, shuningdek, sog‘liqni saqlash xodimlari oldida turgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’ruza qildi.

🔹 Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Y.Abdullayeva tibbiyot tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish, bu sohani toza va shaffof tizimga aylantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida aytib o‘tdi.

Ushırasıw haqqında Qaraqalpaqstan telekanalı tárepinen reportaj tayarlandı.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com