Assalom Navro‘z
18.03.2025 Поделиться
Ertaga, 19-mart kuni soat 11:00da Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Navro‘z bayrami munosabati bilan «Qadriyatlaring mangu bo‘lsin, Navro‘z!» nomli bayram sayillari va teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda institut jamoasi katta qozon atrofida yaxshi niyat bilan sumalak qaynatish ishlarini boshlab yubordi.
Barchangizni ertaga bo‘lib o‘tadigan bayram sayillari va konsert dasturiga taklif etamiz!