Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi
Efremova Margarita Valerevna
Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqti: | Dushanba – Shanba: 09:00 dan 17:00 gacha |
Tel: | (+99861) 222-84-36 |
Fax: | (+99861) 222-84-36 |
E-mail: | nukusmed@mail.ru |
Manzil: | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy |
MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO’LIMI
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituting mustaqil tuzilmasi bo‘lib, bevosita institut rektoriga bo‘ysinadi. 2021-yil 11-oktyabrdagi 431-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida “Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi to’g’risidagi nizomni” shakillantirib tasdiqlandi.
Marketing va talabalar amaliyoti bo’limining faoliyati “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi. Bu oliy tibbiy ta’limning ko‘p bosqichlardan iborat tarkibining bir qismi bo‘lib, uning vazifasi Sog‘liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Bitiruvchilarning monitoring 2021-yil 11-oktyabrdagi 428-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida olib boriladi
BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI
Bozor talabiga binoan o‘qitish va ta’lim berish bakalavriat, magisratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarini kelgusida ishga joylashishga tayyorlaydi.
Sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy soxalarda yangi ish o‘rinlari (bo‘sh ish o‘rinlarini) shakllantirish va ish beruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratadi.
Bitiruvchilarning mavjudligi to‘g‘risida buyurtmalar portfelini shakllantirish, ishga olish uchun shartnomalar tuzadi va tayyorlaydi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlaydi va ularning monitoringini olib boradi, ular bilan o`zviy aloqada bo`ladi.
QTI bakalavr, magistr va klinik ordinatura dasturlarida o‘qish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotni tarqatadi, talabalar bilan shartnomalarni tuzadi va ularga tushuntirish ishlarini olib boradi. Amaliyotni o‘tkazish maqsadida, yetakchi tibbiy klinikalarning ma’lumotlar bazalarini yaratadi va shartnomalar tuzadi.