BOSHQA BO’LIMLAR

🌿 «Yashil makon» umummilliy loyihasi boshlanishi bilan ekologik kelajakka qadam qo‘yilmoqda! 🌍

Bugun, 15 mart kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasiga start berildi. Bu loyiha, ayniqsa, yoshlarni tabiatni muhofaza qilishga jalb etish, ekologik madaniyatni shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan.

🌱 Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti ham ushbu loyihada faol ishtirok etmoqda. Institut talaba-yoshlari ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yashil hududlar yaratish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shmoqdalar.

🏥 Shuningdek, institutning «Ko‘ngilli patronaj yoshlar» otryadi mahallalarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda davom etmoqda, ularning har bir qadamida salomatlik va ekologik mas’uliyat uyg‘unlashmoqda!

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida oliy o‘quv yurtlarida «Ziyolilar bog‘i» tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Ziyolilar bog‘i»da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi.

Tantanali, ruhda o‘tkazilgan marafonning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlikning mas’ul xodimlari, hududiy boshqarmalar va oliy o‘quv yurtlarining rahbarlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Jizzax politexnika instituti hududida o‘tkazilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti vaqtincha rektori, Olimboy Xalimov ham ishtirok etdi. Tadbir «Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…» shiori ostida o‘tkazildi. Ushbu tashabbus oliy ta’lim muassasalarida yashil hududlar yaratish, talabalar va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com