Yangiliklar

«Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi» mavzusida uchrashuv bo‘ldi

03.02.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 11 fevral – Xalqaro fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Yerimbetova, O‘zbekiston Qahramoni O.Saytova, tibbiyot fanlari doktori (DSc) A.Ermekbayeva hamda tibbiyot fanlari nomzodlari S.Bazarova va F.Xojambergenovalar talabalarga ilm yo‘lidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda O.Saytova o‘zining mehnat faoliyati, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari va qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz yaratib bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida oq xalatga munosib yetuk kadrlar bo‘lib yetishishga chaqirdi.

Tadbir davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga olim ustozlaridan javob oldi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com