Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti va QTI Innovatsion klinikasi O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va klinikalari o‘rtasida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda etakchi hisoblanadi.
QTI xalqaro aloqalari tibbiyotning ixtisoslashgan yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi tibbiyot universitetlari va klinikalari bilan tuzilgan 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari doirasida rivojlanib bormoqda.
Avstriya, Eron, Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya kabi xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlaridan professorlar jalb etilgan.