
Sankt-Peterburg davlat pediatriya va tibbiyot universiteti bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturi.
26.08.2024 Поделиться
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 2024-2025 o‘quv yili uchun qo‘shma bakalavriat dasturiga abituriyentlar qabulini e’lon qilgan edi.

Tasdiqlangan qoidalarga muvofiq, bugun MQTIda qo‘shma ta’lim dasturiga kiruvchi abiyutrent lar kimyo va biologiya fanlaridan kirish imtihonlarini topshiradilar. Test sinovlariga institutning tajribali o‘qituvchilari jalb etilib, abituriyentlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Qabul jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida u YouTube ijtimoiy tarmogʻi orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetining mas’ul shaxslari ZOOM platformasi yordamida vaziyatni kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, qabul qilingan talabalar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 3 yil, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida 3 yil tahsil oladi.
