Jo‘qorg‘i Kenges deputati, senator Oral Ataniyazova o‘zi saylangan hudud saylovchilari bilan uchrashdi
29.11.2024 Поделиться
28 noyabr kuni senator Oral Ataniyazova Qonliko‘l tumani xalq deputatlari tuman Kengashining ikkinchi sessiyasida ishtirok etdi.
Sessiyada senator so‘zga chiqib, joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis deputatlari va senatorlar Prezident bilan uchrashuvi o‘tkazilganini hamda uchrashuvning ahamiyati, bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga keng to‘xtaldi.
Xususan, Senatorlar va mahalliy deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, senatorlar Yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq, senatorlik nazorati tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vakolatga ega ekanliklarini, bu borada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilganligini keng tushuntirishdi.
Sessiyadan so‘ng senator O.Ataniyazova tumanning Besko‘pir MFY aholisi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan toza ichimlik suvi va oqova suvning kamligi, natijada esa, yoshlarga ajratilgan yerlarning soliq qarzdorligi paydo bo‘lgani, ishsizlik, MFYda bolalar bog‘chasi yo‘qligi va boshqa qiynab kelayotgan masalalar bilan tanishdi.
Senator, ko‘tarilgan masalalarni tinglab, aholi hayotini yaxshilashda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U ish rejasiga kiritib, muammolarning yechimini topishda aniq mexanizm ishlab chiqishini ta’kidladi.