Mustaqil izlanuvchilikga (PhD) qabul haqida
23.10.2024 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 2025-yil I chorak uchun Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) 2024-yil 10-noyabrgacha hujjatlar qabul qilishini e’lon qiladi.
Hujjatlar 2024-yil 10- noyabrgacha qabıl qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) talabgorlar tarafiidan taqdim qilinadigan hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza (qo’l yozma);
2. Ma’lumotnoma (3.5 shakl oʼzbek va rus tillarida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Magistratura yoki klinik ordinatura diploma nusqasi, oliy taʼlim haqida diplom;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
6. Ish joyidan tavsifnoma;
7. Pasport nusxasi;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Davlat stipendiyasi berilganligi haqida tegishli hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, 2024 yil 10- noyabrgacha daraja.ilmiy.uz sayti orqali roʼyxatdan oʼtgan holda qabul qilinadi.
Hujjatlar kuyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul qilinadi:
14.00.01-Akusherlik va ginekologiya
14.00.09- Pediatriya
14.00.27-Xirurgiya
Qosımsha ma’lumotlar uchun Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti ilmiy-pedogogik kadrlar tayorlash bo’limiga murojat qilishingiz mumkin.
Telefonlar: +998(97) 355 19 72