BOSHQA BO’LIMLAR

Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi

Jamalov Qadırbay Kengesbaevich

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i


Qabul vaqti:Dushanba – Shanba: 09:00 dan 17:00 gacha
Tel:(8361) 222-84-07
Fax:(8361) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mail.ru
Telegram bot:@kkmi_antikorrupciya_bot
Telegram kanal:https://t.me/kkmianticor
Manzil:Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy

👉 Qoraqalpog’iston tibbiyot institutda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha SO’ROVNOMA


Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limining asosiy faoliyat turlari va maqsadi

  Qoraqalpog’iston tibbiyot institutining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5927-son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentini Administratsiyasi rahbarining 2020 yil 4 sentyabrdagi 22-2488-sonli topshirig’ida belgilangan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo’yicha 2020-2021 yillarga mo’ljallangan “Yo’l xaritasi”dagi vazifalar ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-son Farmoni, 2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4391-son qarori, 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4699-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 824-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 281-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bo‘limning faoliyati Qoraqalpog’iston tibbiyot institutining korrupsiyaga karshi kurashish Dasturi hamda mazkur Nizom asosida tartibga solinadi.

Karrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vazifalari va funksiyalari

  Bo‘lim Qoraqalpog’iston tibbiyot institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

-Bo‘limning faoliyati oliy ta’lim muassasasida “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish, shuningdek,korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida bevosita Qoraqalpog’iston tibbiyot institutining rektoriga bo‘ysunadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda – vazirlik)ning Komplayens-nazorat va korrupsiyaga karshi kurashish bo‘limiga hisobot beradi.

– Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va Hay’ati qarorlariga, institutning ichki buyruqlari, shuningdek,boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

– Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini institut miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;

– institutda korrupsiyaga karshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;

– institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo’nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;

– institutda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;

– institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;

– institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;

– korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga karshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;

– institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi.

– institutning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

– institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

– institutning profsssor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘radi;

– institutda korrupsiya faktlarga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;

– davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

– institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;

– institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;

– institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, klinik ordinatorlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;

– so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadkiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bӱyicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;

  Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi xuquqlarga ega:

  Institutga ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;

– institut ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, klinik ordinator, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;

– institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishni nazorat qilish.

  Institutning Kengash qarorlari, rektor buyruqlari va tender hujjatlari Bo‘lim bilan majburiy tartibda kelishiladi.


BO’LIM XODIMLARI


  Ismailov Ernazar Dosmail ulı – Bosh mutaxasis.

© 2024 kkmi