Yangiliklar

QMI tomonidan tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlash va homilador ayollarga tibbiy maslahatlar berilmoqda

14.02.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasining shifokorlari va klinik ordinatorlar guruhidan tashkil etilgan brigada joriy yilning 13-fevral sanasida Nukus tumanining olis hududi Qirontov QFYga bordi. Bunda tashrifning asosiy maqsadi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligini tekshirish, tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlash va homilador ayollarga sog‘lom farzand dunyoga keltirish uchun zarur tibbiy maslahatlar berishdan iborat.

Shifokorlar brigadasi Oilaviy poliklinikada 100 nafarga yaqin bolalar va 50 nafarga yaqin homilador ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tibbiy ko‘rik davomida tug‘ma nuqsoni bor bolalarga QMI klinikasida davolanishi uchun yo‘llanmalar berdi.

Shu orqali, brigada xalqimizga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning salomatligini yaxshilash yo‘nalishida muhim ishlarni olib bormoqda. Tibbiy ko‘riklar orqali aholi o‘rtasida tibbiy bilimni oshirish va dastlabki tibbiy ko‘riklarning ahamiyatini yanada yuksaltirishga erishildi.

Bundan keyingi tashrif Mo‘ynoq tumaniga rejalashtirilgan va keng ko‘lamda davom ettirilishi maqsad qilingan.

QTI Matbuot kotibi

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com