
QMIda talabalarga ijodiy va ilmiy maqola yozish bo‘yicha seminar-trening
13.02.2025 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida joriy yilning 12-fevral kuni talabalarning ijodiy ishlarini rivojlantirish maqsadida «Ijodiy va ilmiy maqola yozish» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda «Ustaz jolı» gazetasi tahririyatidan J.O‘tegenov, S.Saparova va Z.Mambetniyazova hamda Institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Erimbetova, Axborot resurs markazi boshlig‘i Q.Navro‘zbayevalar ishtirok etdi.


Seminar treningda talabalarga gazetaning bugungi kundagi hayoti, tahririyat a’zolari, ularning vazifalari, yangiliklar va xabarlar, publitsistik va tahliliy maqolalarni o‘quvchilarga yetkazish usullari, gazetani chop etish jarayoni haqida so‘zlab berildi. Gazeta va jurnallarning ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot manbalaridan farqli ravishda haqiqatga asoslangan va puxta tahlilga ega bo‘lishi zarurligiga e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noaniq ma’lumotlar, yolg‘on xabarlar va soxta axborotlar jamiyatda muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi tushuntirildi, shuningdek, ularni aniqlash va filtrlashning ahamiyati o‘rgatildi.

Seminarda, «Ustaz jolı» gazetasi faoliyati haqida keng tushuncha berildi. Xususan, gazetada bayram sanalariga, buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlariga bag‘ishlangan tanlovlar ham tashkil etilganligi, o‘z navbatida esa g‘oliblarga “Ádiwli ustaz”, “Úmit shamshıraǵı” ko‘krak nishonlari tahririyat tomonidan topshirilishi haqida faxr bilan tilga olindi.

Haqiqatda ham bugungi kunda ayrim nashrlarning yopilish arafasida turganligi, «Ustoz yo‘li» gazetasi esa o‘zining o‘quvchilarini ijtimoiy tarmoqlar orqali va har xil rag‘batlantiruvchi tashabbuslar bilan ustoz va ziyolilarning auditoriyalarning sevimli gazetasiga aylanib borayotganligi ham rost.
Quvonarlisi, shunday tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabamiz G.Qalibayevaga «Umid chirog‘i» ko‘krak nishoni talabalar oldida topshirildi.

So‘ngra, Institutning «Gigiyena va atrof-muhitni muhofaza qilish» kafedrasi assistenti S.Kadirbergenova ilmiy maqola yozish uchun asosiy qoidalar haqida tushuntirdi. Unda maqsadni belgilash, adabiyot tahlili, tadqiqot metodologiyasi, natijalarni muhokama qilish, xulosa va foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, maqolalar, kitoblar hamda boshqa manbalarni ko‘rsatish kerakligini batafsil tushuntirdi.



Seminar yakunida tahririyat jamoasi va Institut yanada yaqin hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Bunday seminarni o‘tkazishning asosiy maqsadlaridan biri ayollarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun imkoniyatlar yaratishdir.
QMI Matbuot kotibi