Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim tarixi davlat muzeyi tashkil qilinmoqda
25.09.2024 Поделиться
Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti hududida joylashgan xalqimiz an’analarining kam uchraydigan tarixiy obyekt hisoblangan Qoraqalpog’istonning dastlabki oliy oquv yurti – Ajiniyoz nomidagi No’kis davlat pedagogika institutining birinchi binosi joylashgan. Bu bino qoraqalpoq xalqining bilim va tarbiya beshigi sanaladi. Bu yerda o‘tgan asrning barcha ilmiy elitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining buyuk allomalari, taniqli shaxslari, akademik va adiblari, xususan, Marat Nurmuhamedov, Ibrohim Yusupov, To‘lepbergen Qayipbergenov, Sobir Kamolov va boshqalar tahsil oldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, olimlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan muhtaram Prezidentimizning respublikamizga tashrifi chog‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fan va ta’lim tarixi davlat muzeyini tashkillashtirish bo‘yicha taklif kiritildi. Taklif qo‘llab-quvvatlanib, bugungi kunda muzey bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fan va ta’lim tarixi davlat muzeyi faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha jamoatchilik nazorati guruhi tuzildi.