Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
04.12.2024 Поделиться
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu yil Bosh qomusimiz qabul qilinganiga 32 yil to‘ladi. Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida shu sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori O.Ataniyazova kirish so‘zi bilan ochib, boshqarib bordi. Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyalari yangradi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi B.Seytnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi A.Ametov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.Raxmatullaev hamda Institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatidir. Bosh qomusimizda ijtimoiy adolat va hamjihatlik tamoyillari joriy etilib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar bilan mustahkamlanganini ta’kidladi. Shu bilan birga, joriy yilda Qoraqalpog‘iston yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilgani Konstitutsiyada belgilangan normalarning amaldagi ko‘rinishlari ekani ta’kidlandi.