Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining «Ko‘ngilli patronaj yoshlar»i ❤️

15.03.2025

Joriy yilda respublikamizdagi barcha hududlarda amalga oshirilayotgan umumxalq xayriya hasharida, turli muassasa va korxona-tashkilotlar o‘z faoligini ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti ham o‘z hissasini qo‘shmoqda, ularning fidoyilik bilan olib borilayotgan amaliyoti aholiga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda.

🤝 Institutning 50 ga yaqin talabalaridan tashkil topgan «Ko‘ngilli patronaj yoshlar» otryadi, tajribali o‘qituvchilar bilan hamkorlikda, Nukus shahridagi «Shig‘is» va «Do‘stlik» mahallalaridagi faxriylar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz oilalar va imkoniyati cheklangan aholini va fuqorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.

🤲 Ular o‘z uylarida, yordam ko‘rsatishgani bilan birga, yurtimizning taraqqiy etishi, inson qadriga bo‘lgan hurmatni jonli his etmoqda.

👩‍⚕️ Shu tarzda, yoshlarimiz o‘zlarining oliy ma’naviy qadriyatlari va mas’uliyatini namoyon qilib, ijtimoiy faoliyatdagi o‘zgarishlar bilan yoshlarga namuna bo‘lishmoqda!

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com