E'lonlar,Yangiliklar

QO‘SHMA TA’LIM DASTURIGA QABUL E’LON QILINADI

09.07.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan birgalikda 2025/2026-o‘quv yili uchun qo‘shma bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hujjatlarni qabul qilishni e’lon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: Qabul 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha.
• Manzil: Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 108-uy, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.

Ta’lim dasturi:
• Yo‘nalish: Pediatriya
• O‘qish muddati: 6 yil (3+3);
1-3-kurslar – Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘qiydi.
4-6 kurslar – Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida o‘qiydi;
• O‘qish kontrakt asosida;

✅ O‘qishga kirish uchun talablar:
1. Rus tilini bilish darajasi – kamida B2 (bakalavr diplomini olish uchun majburiy).
2. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi.

️Kirish imtihonlari:
Ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1. Maxsus fanlar bo‘yicha test sinovlari:
– Biologiya.
– Kimyo.
2. Rus tili bo‘yicha test olish.

✅ Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
1. Rektor nomiga ariza (qabul komissiyasi tomonidan namuna beriladi).
2. Pasport nusxasi (topshirish vaqtida – asli bo‘lishi shart);
3. O‘qiganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi (attestat yoki diplom ilovasi bilan).
4. Tibbiy ma’lumotnoma (086-U shakl).
5. 3,5 × 4,5 sm 6 ta fotosurat.
6. Papka (Skorosshivatel) – 1 ta.
7. Konvert – 1 dona.
8. Fayl – 1 dona.

Diqqat! Hujjatlarning barcha asl nusxalari topshirish vaqtida ko‘rsatiladi.

️ MUHIM MA’LUMOTLAR:
• Hujjatlar topshirilayotgan vaqtda abituriyent ota-onasi yoki qonuniy vakillaridan biri bilan shaxsan ishtirok etishi kerak.
• Boshqa fakultet yoki ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish mumkin emas, shuningdek, boshqa oliy o‘quv yurtlaridan ushbu dasturga o‘qishni ko‘chirish mumkin emas (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq, 4-bob 28.2-b.).

✅ Qabul masalalari bo‘yicha CALL-markaz:

+998 (91) 373-60-60
+998 (95) 801-05-95
+998 (95) 811-05-95
+998 (95) 821-05-95

• Ish vaqti:

Dushanba – juma: 9:00 – 17:00 Shanba: 9:00 – 16:00

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Matbuot kotibi

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com