Yangiliklar

QR IIV mutaxassislari bilan talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

31.01.2025

Kecha, 30 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari va QTI v.v.b. rektori O.Xalimov hamda yoshlar masalalari bilan bog‘liq mutasaddilarning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligini tushuntirish hamda atrofdagi insonlarda xavfsizlik va mas’uliyat hissini shakllantirishga da’vat etishdir.

Yo‘l harakati xodimlari talabalarga yo‘l harakati qoidalariga amalda qanday amal qilish kerakligini tushuntirib, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bunda yoshlarning o‘zi ham, jamiyatning barcha a’zolari ham yo‘l harakati qoidalariga katta ehtiyoj sezishi kerakligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga yo‘l oqibatlarining ayanchli holatlari bilan yakunlangan videorolik va ushbu noxush holatlarning oldini olish uchun barcha mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish kerakligi tushuntirildi.

Shu o‘rinda tibbiy yordam ko‘rsatish va tezkor harakat qilish doimo eng muhim hisoblanib, noxush holatni keltirib chiqarmaslik bosh maqsadimiz bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi.

© 2025 kkmi