Yangiliklar

QTI brigadasi Mo‘ynoqda

15.03.2025

Qoraqalpog‘istonning eng chekka hududi bo‘lgan Mo‘ynoq tumanidagi Qiziljar OFYga 14-mart sanasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan tibbiy brigada tashrifi juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — 14 yoshgacha bolalar va homilador ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tug‘ma nuqsoni bor bolalarni aniqlash va ularni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Klinikasiga yo‘llashdan iborat.

Tibbiy brigada tarkibida QTI professorlari, Klinikaning tajribali shifokorlari, ordinatorlar va yo‘qori kurs talabalari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan amalga oshirilgan 7.3 mln dollarlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va mobil klinikadan foydalanildi.

Bu tadbir xalqimizning sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tiborning yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi. Aholi bu yordamdan cheksiz xursand bo‘lib, davlatimizning inson qadrini ulug‘lashi va xalq uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan baxramand ekanligini anglab yetmoqda.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com