Yangiliklar

QTI rektori talabalar bilan ochiq suhbatlashdi

19.02.2025

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining v.v.b rektor Olimboy Halimov «Rektor va yoshlar» uchrashuvida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Rektor dastlab mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, tibbiyotni o‘rganishi va o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, bunday imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida so‘zladi.

Ayniqsa, Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan alohida e’tibori va ularga ta’lim sohasida yaratilgan sharoitlar, tibbiyot va boshqa ixtisosliklar bo‘yicha imkoniyatlar haqida aytdi. Prezidentimizning yoshlarga qaratilgan tashabbuslari doirasida har yili o‘tkaziladigan stipendiyalar, grantlar va xalqaro ta’lim imkoniyatlari yoshlarning yuqori sifatli ta’lim olishiga turtki bo‘lmoqda. Bu jarayonlar yoshlarni o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga va mamlakatimizni rivojlantirishga hissa qo‘shishga undaydi.

Institutda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, institutni har tomonlama rivojlantirish maqsadida yoshlarning tashabbuslarini eshitish va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda institut talaba-yoshlarining amalga oshirayotgan ishlarini OAVda keng targ‘ib qilish maqsadida media klub tashkil etishini, keng tarqalgan kasalliklarning sabablarini tushundirishga qaratilgan video kontentlar yaratish, boshqa viloyatlardagi tibbiyot sohasidagi oliy o‘quv yurtlariga birgalikda sayohatlarni tashkillashtirish, talabalar yotoqxonasi ishga tushirish, sport to‘garaklari faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnik ta’minot darajasini yaxshilash bo‘yicha rektorga o‘zlarining takliflarini bildirdi.

Institut rektori bildirilgan har bir taklif bo‘yicha tegishli tartibda amaliy ishlar olib borilishini ta’kidladi. Yoshlarni doimo yurtimiz rivojiga hissa qo‘shadigan, yuqori salohiyatga ega tibbiyot xodimlari bo‘lib yetishishga harakat qilishidan to‘xtamaslikka, talabalarning o‘z ustida izlanib, qobiliyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishga chaqirdi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com