Yangiliklar

QTIda Institut Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi

01.03.2025

Yig‘ilishda Institut Kengashi raisi O.Xalimov ochdi va kun tartibini olib bordi. U o‘z so‘zida Institutda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdi va OTMlariga qo‘yilgan talablar haqida keng tushuntirib o‘tdi.

Yig‘ilishda, yuqori turuvchi organlarning topshiriqlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida Z.Baymuratovaning ma’ruzasi tinglandi.

Institutning Yo‘l xaritasida belgilangan rejalar va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha chet elga stajirovkaga yuborish masalasi bo‘yicha O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Kurbanazarov, Professor-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy malakasini oshirish va bitiruvchi kurslarning yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazishni tashkil etish va tayyorgarligi bo‘yicha O‘quv bo‘lim boshlig‘i N.Abdullayeva ma’ruza qildi.

Shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov Hurmatli Prezidentimizning joriy yilning 14 fevral kuni mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida, yoshlar bilan ishlashning samaradorligini oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish choralarini ko‘rish kerak bo‘lgan topshiriqlari haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Institutning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha F.Xolmuratovaning ma’ruzasi tinglandi.

Yuqoridagi ma’ruzalardan kelib chiqib, mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com