Dekanatning funktsiyalari va vazifalari
Dekanatning funktsiyalari:
• O’quv, o’quv-metodik ilmiy va ma‘naviy-marifiy ishlarga boshchilik qilish;
• O’quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Dars jadvalini tuzishga boshchilik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi;
• Talabalarning davomatini doimiy nazorat qilish;
• Talabalarning fanlardan erkin ishlashi, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkillashtirish;
• Iqtidorli talabalarni aniqlash va ular bilan ishlash, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti, Ibn Sino, Ibrayim Yusupov, Tólepbergen Qayipbergenov nomidagi va boshqa da davlat stipendiyalari tanlovida talabalarning ishtirokini ta‘minlash;
• Fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta‘minlash;
• Fakultetda va talabalar turar joyida, ijarada turuvchi talabalar bilan ma‘naviy-marifiy ishlarni o‘tkazish;
• Fakultet bitiruvchi talabalarning monitoring ishlarini olib borish, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatish;
Dekanat asosiy vazifalari:
• Fakultetda oquv jarayonini tashkil qilish va ta‘minlash;
• Ta`limning barcha masalalari bo‘yicha talabalarga xabardor qilish, ko’satish va tushintirish ishlarini olib borish;
• Fakultet bo’yicha farmoyishlar tayorlash va chiqarish ;
• Talabalar faoliyatiga tegishli ma’lumotlarni yuritish, to’plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ;
• Talabalar kontingenti monitoringini olib borish ;
• Talabalar guvohnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
• Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalarni o’zlashtirish natijalarini reyting daftarchasi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish va ularni saqlash ;
• Reyting ko’rsatkichlarini rasmiylashtirish, ularning o’rnatilgan ta’rtibda to’ldirishni nazorat qilish va saqlash ;
• Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayorlash va o’rnatilgan ta’rtibda yuqori o’qish-metodik boshqarmasiga taklif qilish ;
• Semestr natijalari va stipendiya komissiya qaroriga asoslanib talabalarga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan-kursga o’tkazish to’g’risidagi farmoyishlarni tayyorlash ;
• Bitiruvchi talabalarga tegishli farmoyishlar ijrosin ta’minlash.