Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori
Buxgalteriya va marketing boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:
- ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni olish va kiritish;
- toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
- talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash boʻyicha (dekanat yoki o‘quv uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan) bildirgi asosida hemis platformasidagi natijalarga ko‘ra stipendiya buyrug‘ini tayyorlash;
- akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash, qayta oʻqishga shartnoma olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
- ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
- talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
- talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
- potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish. bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish.