Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori
Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori vazifalari:
- akademik guruhlarni shakllantirish;
- talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
- talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
- talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
- tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
- oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
- qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
- talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
- talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
- talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
- talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
- oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
- “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish; dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini “HEMIS” axborot tizimida shakllantirish.