REGISTRATOR OFISI

Ilmiy va innovatsion faoliyat, Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori


Ilmiy va innovatsion faoliyat, Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori vazifalari:


  • grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
  • ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
  • innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
  • talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
  • ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
  • oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
  • talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.
  • oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
  • turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTTlar bilan) boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
  • oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
  • xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
  • xorijlik talabalarga institutdagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish;
  • qoʻshma ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berish va talabalar orasida targʻibot qilish;
  • xorijda oʻqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiya tanlovi va xorijiy e’lonlar haqida ma’lumot berish; xorijiy tillarni oʻrganish kurslari haqida ma’lumot berish.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com