REGISTRATOR OFISI

Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori


Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori vazifalari:


  • talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
  • oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
  • bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
  • bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ishga joylashganligi bo‘yicha olib borilgan monitoring yuzasidan maʼlumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish; “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish. Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori menejerlariga kerakli ma’lumotlarni yigʻish, umumlashtirish va qayta ishlash uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishda institut tuzilmasidagi boshqa boʻlinmalarning xodimlari yordam berishlari va hamkorlikda ishlashlari lozim.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com