REGISTRATOR OFISI

Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori


Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori vazifalari:


  • Institutni tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
  • familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
  • oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
  • qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;
  • qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
  • akademik qarzdor talabalarni aniqlash;
  • bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com