O‘quv-uslubiy bo‘limi

Abdullaeva Nuriya Djalgasovna
O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqti: | Dushanba – Shanba: 09:00 -17:00 |
Tel: | (+99861) 222-84-76 |
Fax: | (+99861) 222-84-36 |
E-mail: | abdullaevan@kkmi.uz |
Manzil: | Nukus shahri, A. Dosnazarov kochasi 108-uy |
O‘quv-uslubiy bo‘lim Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining asosiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, u instituti rektoriga bo‘ysunadi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan boshqariladi.
O‘quv-uslubiy bo‘limning asosiy maqsadi institutda o‘quv jarayonini ta’minlash, uni muvofiqlashtirish, shuningdek, fakultet va kafedralarning o‘quv faoliyatini samarali nazorat qilishdan iborat
Bo‘limning vazifalari:
- Bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va ularning samarali ishlashini ta’minlash;
- 2. Institutning fakultet va kafedralari bo‘yicha o‘quv yuklamalarining hisob-kitob qilinishi va kafedralar tomonidan professor-o‘qituvchilar tarkibiga belgilangan muddatlarda yuklamaning taqsimlanishini nazorat qilish;
- Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yuklamalarining bajarilishini nazorat qilish;
- O‘quv bo‘limining ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish, ularning aniq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- O‘quv jarayoniga oid meʼyoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini taʼminlash va o‘quv jarayoniga to‘laqonli tadbiq etish.
- O‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan taʼminlash va takomillashtirish.
- O‘quv rejasiga Davlat taʼlim standartlariga mos ravishda o‘zgartirishlar kiritib borish, turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan uslubiy aloqalarni amalga oshirish.
- Institutda o‘quv rejasi va dasturlar asosida o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirish.
- O‘quv jarayoni jadvalini, o‘quv yili uchun dars jadvalini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
- O‘quv jarayoniga talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish bo‘yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o‘quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressiv usullarini tadbiq etish.
- Institut hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va maʼruza zallaridan to‘g‘ri foydalanishni taʼminlash va nazorat qilish.
- Institutning Ilmiy Kengashi, rektorat majlislari, Ilmiy- uslubiy hayʼatga o‘quv ishlari bo‘yicha maʼlumotlar va qarorlar loyixasini tayyorlash.
- Bo‘lim faoliyatiga oid yuqori tashkilotlar, rektor va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning buyruqlari, qarorlari, ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash va nazorat qilish;.
- O‘quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish.
- Kafedra va fakultetlarda o‘quv ishlariga mutasaddilar bilan o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish.
- Talabalar kontingentin harakatini nazorat qilish;
- Dekanatlar va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va h.k.