ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i

Nashenova Zamira


Qabul vaqti:Dushanba-Shanba: 09:00-17:00
Tel:(+99861) 222-84-36
Faks:(+99861) 222-84-36
E-mail:nukusmed@mail.ru
Manzil :Nukus shahar, A.Dosnazarov ko’chasi 108 -uy

XALQARO ALOQALAR BO’LIMI


  Xalqaro aloqalar bo’limi – bu Qoraqalpog’iston tibbiyot institutining(QMI)  tarkibiy bo’linmasi.

  Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari asosida amalga oshiradi.

  Xalqaro aloqalar bо‘limi institutning  xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir.


BO’LIM MAQSADLARI


  • xalqaro standartlarga javob beradigan professional va umumiy madaniy vakolatlarga ega bo’lgan O’zbekiston va xorijiy davlatlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
  • xorijiy universitetlar, muassasalar, tashkilotlar va fondlar bilan xalqaro ilmiy loyihalar, dasturlar, shartnomalar, grantlar va hamkorlikning boshqa shakllari orqali QMIni xalqaro miqyosda tan olingan innovatsion ilmiy-o’quv, tahliliy, maslahat va dizayn markaziga aylantirish maqsadini amalga oshirish.

BO’LIM VAZIFALARI


  • QMIning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va tashkil etish;
  • QMI faoliyatini xalqaro tashkilotlar, proyektlar, dasturlarda kengaytirish;
  • QMIga rasmiy, ishchi, norasmiy (xususiy) tashriflar bilan kelgan xorijiy delegatsiyalarni qabul qilishni tayyorlash va o’tkazish;
  • Xorijiy o’qituvchilarni QMIda ma’ruza o’qishga jalb qilish;
  • Akademik harakatchanlikni ta’minlash;
  • Xorijiy sherik universitetlar bilan birgalikda yozgi va qishki maktablarni tashkil etish va ularning ishlarida QMI talabalari va aspirantlarining ishtirokini ta’minlash;

BO’LIM FUNKSIYALARI


  • QMI xalqaro hamkorligini tashkiliy, uslubiy va vakilli ravishda ta’minlash;
  • Hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, QMI xalqaro aloqalarini uzoq muddatli rejalashtirish, aloqalarni umumuniversitet darajasida o’rnatish uchun sherik OTMlarni izlash va tanlash, ular bilan qo’shma tadbirlar rejalari va dasturlarini ishlab chiqarishida ishtirok etish, xalqaro almashinuvlarni amalga oshirish;
  • Xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish;
  • QMIning xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik dasturini yaratish va ish dasturlarini amalga oshirish;
  • Xalqaro akademik aloqalar, almashinuv va harakatchilikni o’zaro muvofiqlashtirish va amalga oshirish, shu jumladan talabalar, aspirantlar va o’qituvchilar tarkibining akademik harakatchanligini ta’minlash maqsadida axborot-tahliliy baza yuritish hamda xalqaro hamkorlikni qo’llab-quvvatlash;
  • Xalqaro hamkorlik va akademik almashinuvni amalga oshirilayotgan QMI fakultetlari, kafedralari va bo’limlariga yordam berish va ishlarni muvofiqlashtirish, xalqaro konferentsiyalarni tashkil etish va chet el universitetlari, muassasalari, tashkilotlari bilan aloqalarni saqlash;
  • QMIga rasmiy, ishchi, norasmiy (xususiy) tashriflar bilan kelgan xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish, konferentsiyalar tayyorlash va o’tkazish bilan bog’liq protokol tadbirlarini amalga oshirish.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com