ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i

Sadikov Dauletbay Askarbay uli

Bo‘lim boshlig‘i


Qabul vaqti:Dushanba-Shanba: 09:00-17:00
Tel:(+99861) 222-84-36
Faks:(+99861) 222-84-36
E-mail:dauletbaysadikov@gmail.com
Manzil :Nukus shahar, A.Dosnazarov ko’chasi 108 -uy

Xalqaro hamkorlik bo‘liming (XHB) asosiy vazifalari:

Qoraqalpoq Tibbiyot Instituti bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o‘rtasida o‘rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtiradi va bajarilishini nazorat qiladi;

Institut professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirish uchun Respublika va xorijiy jamg‘arma, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamg‘armasi, Erasmus +, GIZ, TIKA, JICA, KOICA, KOFIH va boshqa xalqaro tashkilot va taʼlim fondlari tanlovlarida ishtirokini muvofiqlashtiradi.

Qoraqalpoq Tibbiyot Instituti (QTI) xalqaro bo‘limi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha normativ meʼyorlarga mos ravishda olib boriladi. QTI XHB akademiyaning xalqaro aloqalari bo‘yicha faoliyatini,  tibbiyot xodimlarini mutaxassisliklar bo‘yicha xorijda amaliyot malakasini oshirishlarini, xorijning tibbiyot ilmining eng ilg‘or tajribalarini akademiyada qo‘llash va rivojlantirishni, xorijiy talabalarni o‘qitishni va kasbga tayyorlanishini tashkil qiladi.

Institutning xalqaro hamkorlik faoliyatini normativ taʼminlash uchun quyidagi xujjatlar ishlab chiqilgan:

  1. TTA XHB xodimlarining xizmat yo‘riqnomalari;
  2. Chet el fuqarolarini QTIga qabul qilish va o‘qitish haqidagi Nizom;
  3. QTI xodimlari va talabalarini xorijga yuborish tartibi haqidagi Nizom.

XHB Qoraqalpoq Tibbiyot Instituti tashkiliy tizimidagi o‘rni:

XHB boshliq tomonidan boshqarilib bevosita QTI rektoriga bo‘ysunadigan va 4 yo‘nalishdan tashkil topadi:


Xalqaro taʼlim dasturlari va loyihalari yo‘nalishi

  • QTI XHB xodimlari va talabalariga halqaro taʼlim dasturlarida ishtirok etish uchun ariza berish bo‘yicha hujjatlarni rejalashtirish masalalari bo‘yicha axborot va maslahat yordamini beradi;
  • Hamkorlikdagi taʼlim dasturi va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkor o‘quv muassalari, jamg‘armalar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatadi;
  • Xalqaro taʼlim dasturlari doirasida xorij fuqarolarini (talabalari, aspirantlar, o‘qituvchilar) QTIga qabul qilinishiga ko‘maklashadi, ularni akademiyada taʼlim olishlarini boshqaradi va QTI da bo‘lganliklarini tasdiqlovchi xujjatlar bilan taʼminlaydi.;
  • QTI halqaro taʼlim bo‘yicha faoliyatini rivojlantirish maqsadida grant ko‘magini olish uchun loyiha arizalarini ishlab chiqadi va turli jamg‘arma va tashkilotlarga topshiradi;
  • Xalqaro stipendiyali dasturlarni va ularning taʼlim imkoniyatlari bazasini boshqaradi;

Axborot – taxlil yo’nalishi

  • QTI Xalqaro faoliyatini tahlil qiladi va tegishli hisobotlarni, akademiyani tarkibiy bo‘linmalari va tashqi tashkilotlar so‘rovi bilan axborot maʼlumotnomalrni tayyorlaydi va rahbarga taqdim etadi;
  • QTI fakltetlari, kafedra va boshqa bo‘linmalarning xalqaro faoliyatini rejalashtirish va hisobotlar tayyorlash bo‘yicha ishlar olib boradi;
  • QTIga keluvchi taklif qilingan va ro‘yxatdan o‘tgan barcha chet el fuqarolarini hisobga oladi.;
  • QTIning xorijga ketuvchi xodimlari, magistr va talabalari haqidagi maʼlumotlar bazasini boshqaradi;
  • XHBning akademiya saytidagi veb sahifalarini saqlash va yangilashni taʼminlaydi.

Tashkiliy – protokol yo‘nalishi

  • QTIda o‘tkaziladigan tantanali marosim va tadbirlarni bayonnomalarini tayyorlashni taʼminlaydi;
  • QTIda rasmiy tashrif bilan kelgan mehmonlarni qabul qilish bayonnomalarini tayyorlashni taʼminlaydi;
  • XHB faoliyati doirasida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarni tashkil qilish va o‘tkazishni amalga oshiradi;
  • QTIga halqaro faoliyat doirasida kelgan xorijiy talabalarni, aspirantlarni va o‘qituvchilarni qabul qilishni tashkillashtiradi;
  • Bo‘lim faoliyati doirasida tashkiliy ishlar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlarni rahbarga taqdim etadi.

Viza yo‘nalishi

  • QTIga keluvchi xorij fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga kirishi uchun taklifnomalarni rasmiylashtiradi;
  • XHB boshlig‘i va rektorning topshirig‘i bilan xorij davlatlari diplomatik vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi TIV vakolatxonasida viza taʼminoti maskanlari bo‘yicha QTI nomidan ish yuritadi.;
  • QTI ga keluvchi taklif qilingan va ro‘yxatdan o‘tgan barcha chet el fuqarolari hisobga olinadi;
  • QTI ning xorij oliy o‘quv yurtalariga ketayotgan xodimlarga viza olish uchun xujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beradi.

© 2025 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com