Tanlov

18.12.2024

Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi (TUBITAK) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi

Tanlov 17 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-martga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi (https://t.me/eduuz/29048).

🌐Batafsil (https://innovation.gov.uz/contest/post-1820)

© 2024 kkmi