Yangiliklar

Xalqaro olimpiadadan xushxabar!!!

12.12.2024

Toshkent shahrida 26-noyabr kuni tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Tibbiyot mohirlari» IV Xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi.

Olimpiadada Tatariston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Respublikamizdagi 26 ta Oliy tibbiyot o‘quv yurtlarining terma jamoalari ishtirok etdi.

Olimpiadaning asosiy maqsadi talabalarni ta’lim va ilm-fan integratsiyasiga jalb qilish orqali jamiyatimizda tibbiyot ilmining rivojlanishini ta’minlashni maqsad qilish bilan birga talabalarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdir.

Quvonarlisi, Xalqaro olimpiadada Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 8 nafar talabasi tarkibidan tuzilgan jamoadan har bir talaba o‘z mutaxassisligi bo‘yicha qatnashib, 7 nafar talaba yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada, QMI jamoaviy hisobda sovrinli ikkinchi o‘rinni egalladi.

© 2024 kkmi