Yangiliklar

Xalqaro olimpiadadan xushxabar!!!

16.12.2024

Avval xabar berganimizdek, dunyoning yuzdan ortiq tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalari V Xalqaro olimpiadada o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. (https://t.me/www_kkmi_uz/4334)

Samarqandda 13-14 dekabr kunlari o‘tkazilgan V Xalqaro olimpiadada Germaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Malayziya, Belarussiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan yigirmaga yaqin davlatning yuzdan ortiq universitet va institutlarida tahsil olayotgan 730 nafardan ziyod talaba oflayn va 4000 nafarga yaqin onlayn formatda ishtirok etdi.

Ishtirokchi talabalar jahon standartlari talablariga javob beradigan 7-avlod simulyatsiya robotlari orqali ikki bosqichda – test sinovlari va amaliy topshiriqlarni bajarish shartlari asosida bellashdilar.

Olimpiada o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.

Quvonarlisi, xalqaro olimpiadada Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari yuqori natijalarga erishdi. Ular bugun Institut prorektorlari bilan uchrashib erishilgan natijalar va olimpiadadagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Xususan, olimpiada yakuniga ko‘ra;

Abdimuratov Ernazar
II o‘rin (Neyroxirurgiya)

Bimbetov Sipatdin
II o‘rin (Terapevtik stomatologiya)

Sultanov Mansur
III o‘rin (Farmakologiya)

Dalibayeva Mirigul
III o‘rin (Nevrologiya)

Izimbetova Shaxnoza
III o‘rinni (Bolalar stomatologiyasi) egalladi.

QTI talabalari tarkibidan tuzilgan jamoa a’zolariga statuetka, diplom va maxsus nominatsiyalar topshirildi.

O‘z navbatida g‘oliblarni Institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!

© 2024 kkmi