Madaniy-ma’rifiy tadbirlar
Madaniy-ma’rifiy tadbirlar
Bugungi kunda hayotning barcha jabhalari kabi taʼlim sohasiga ham yangicha eʼtibor, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga boʼlgan munosabat oʼzgarmoqda.
Qoraqalpoǵiston tibbiyot institutida Yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligining tegishli meʼyoriy hujjatlari, institut rektorining buyruqlari asosida hamda «Maʼnaviyat va maʼrifat markazi», huquq-targʼibot xodimlari, diniy idora vakillari, jamoat tashkilotlari va boshqalar bilan hamkorlikda bajarilib kelinmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 ta tashabbus yuzasidan oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar namunaviy metodik dastur asosida institutda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʼlib, barcha oʼquv binolari va Talabalar turar joylarida 5 ta tashabbus boʼyicha stendlar va devoriy koʼrgazmalar oʼrnatilgan.
1-tashabbus doirasida: “Talabalar” teatr studiyasi, “Zakovat” klublari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Sanʼat sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun tegishli barcha asbob-uskunalar, ovoz kuchaytirgich uskunalar oʼrnatilgan.
Institutda har yili talabalar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda ko‘rik-tanlovlar va musobaqalar o‘tkazilib kelinadi. Jumladan, ““Talabalar” teatr studiyasi” tanlovining guruhlar va fakultet bosqichi ko‘rik-tanlov Nizomi asosida o‘tkazilib, kelinib institut bosqichi g‘oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilib borilgan.
2-tashabbus boʼyicha: jismoniy tarbiya va sport kafedrasida devoriy stendlar oʼrnatilgan talabalar va professor-oʼqituvchilar oʼrtasida futbol, mini-futbol, basketbol, gandbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka va boshqa sport turlari boʼyicha turnirlar oʼtkazilib kelinmoqda.
3-tashabbus boʼyicha: institutimizda va oʼquv binolarida talabalar va professor-oʼqituvchilarning internetdan foydalanishlari uchun bepul wifi routerlari oʼrnatilgan. Institut axborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan taʼminlanmoqda. Institut ARM xududida QR-kodli elektron kutubxona faoliyatini yoʼlga qoʼyilgan.
4-tashabbus boʼyicha: O‘zbekiston va Qoraqalpoǵiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda institutda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur va Abdulla Qodiriy, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibrayim Yusupov, Tólepber Qayipbergenov va boshqalarning tavallud kunlari munosabati bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar va turli badiiy kechalar tashkil etilib kelinadi.
5-tashabbus boʼyicha: Xotin-qizlar oʼrtasida keng targʼib qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Taʼlim muassasasi – oila – mahalla” tizimi orqali qizlar bandligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Institut miqyosida yurtimizda nishonlanadigan bayram sanalari, allomalar va yurtdoshlarimizning tavallud sanalari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy sohada belgilangan tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilib kelinadi.
Institut talaba-yoshlarini darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Nukus shahridagi muzeylar va teatrlarga alohida reja jadval asosida jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.












