QMIda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tomoshalari bo‘lib o‘tadi
18.03.2025 Поделиться
DIQQAT, E’LON!
Shu yilning 19-mart kuni soat 11:00da Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ulusning ulug‘ kuni, yangilanish va yosharish ayyomi Navro‘z bayrami munosabati bilan «Qadriyatlaring mangu bo‘lsin, Navro‘z!» nomli bayram sayillari va teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Bayram sayillari doirasida institut talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan katta qozonlarda Navro‘z taomi sumalak pishirilib, milliy taomlar va milliy kiyimlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Shuningdek, milliy sport o‘yinlaridan arqon tortish, tosh ko‘tarish, chang‘i tepish kabi musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sport musobaqalariga qatnashuvchi jamoalar @Qmi_jaslar_awqam profili orqali 19-mart soat 10:00 gacha ro‘yxatdan o‘tishingiz so‘raladi.
Barchangizni bayram sayillari va konsert dasturiga taklif etamiz!
Bayram tomoshalarini quyidagi rasmiy ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring!