RASMIY MUNOSABAT
12.08.2026 ПоделитьсяSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalarining Turkiya Respublikasiga yozgi ta’til davrida vaqtincha ishlash maqsadida borishi bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda. Institut tomonidan holatga oid mavjud ma’lumot va hujjatlar tegishli organlarga taqdim etilgan bo‘lib, o‘rganish jarayonida belgilangan tartibda hamkorlik qilinmoqda.
Holatga huquqiy baho berish va yakuniy qaror qabul qilish vakolatli organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar huquqiy o‘rganish natijalariga ko‘ra taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
Matbuot xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
