
RASMIY MUNOSABAT
04.07.2025 Поделиться
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘quv binosini yo‘qotish xavfi ostida” degan mazmundagi asoslanmagan xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini rasman ma’lum qilamiz.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining bir o‘quv binosida Qoraqalpog‘iston Ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu Akademiya zamonaviy talablarga javob beradigan:
🔹 Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi,
🔹 O‘quv-simulyatsion markazi kabi bo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Bu markaz:
✅ Tibbiyot oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari hamda
✅ Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradigan innovatsion o‘quv-simulyatsion baza sifatida faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istondagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha muqobil tizim yo‘lga qo‘yiladi.
🔹 Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifati va samaradorligi yanada yaxshilanadi.
❗️ Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘z faoliyatini belgilangan tartibda, to‘liq hajmda davom ettirmoqda. Talabalar uchun o‘quv jarayoni barqaror va uzluksiz tarzda tashkil etilgan.
📌 Mavzuga oid to‘liq axborot va rasmiy izohlar tez kunlarda o‘tkaziladigan matbuot anjumani orqali taqdim etiladi. Anjumanning o‘tkazilish vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasdiqlanmagan, norasmiy ma’lumotlarga emas, balki faqat rasmiy manbalarga tayanish va xolisona xulosa chiqarishni so‘raymiz.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Matbuot xizmati