News

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti — yurtimizga xizmat qiladigan malakali kadrlar beshigi!

02.08.2025

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan tayyorlangan navbatdagi reportaj Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining bugungi kundagi ulkan ilmiy, ta’limiy va amaliy salohiyatiga bag‘ishlandi.

Reportajda institutning zamonaviy ta’lim texnologiyalari, malakali professor-o‘qituvchilar jamoasi, klinik baza va talabalarning amaliyot bilan bog‘liq samarali o‘quv jarayonlari keng yoritildi.

Bugungi kunda ushbu maskan nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun O‘zbekiston tibbiyoti uchun zarur bo‘lgan shifokorlar, xirurglar, pediatrlar va boshqa soha mutaxassislarini tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

Ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar, talabalarning professional o‘sishi — bularning barchasi mamlakatimiz tibbiyotining ertangi ravnaqiga xizmat qilmoqda!

📽 Reportajni tomosha qiling va institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishing!

© 2025 kkmi