
“Dolzarb 90 kun” doirasida tarix bilan yaqindan tanishuv!
30.07.2025 Поделиться
30-iyul kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari uchun juda muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Muzey tarixi 1929-yilda To‘rtko‘ldagi ko‘rgazmadan boshlanib, bugungi kunda 65 000 dan ortiq nodir eksponatlarni o‘z ichiga olgan holda Nukus shahrida faoliyat yuritmoqda. Talabalar muzeyning tabiat, arxeologiya, etnografiya va hozirgi zamon tarixi bo‘limlari bilan tanishib, yo‘qolib ketgan hayvonlar tuluplari hamda nodir artefaktlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Eng katta taassurotlardan biri — muzey markazida joylashgan ajdodlarimizga xos Qora uy maketi bo‘ldi. Uning betakror milliy go‘zalligi talabalar qalbida tarixga bo‘lgan hurmat va milliy iftixor tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.
Bunday ma’naviy tadbirlar:
✔️ talabalarning tarixiy merosga nisbatan hurmatini oshiradi;
✔️ milliy qadriyatlarimizga sadoqatni mustahkamlaydi;
✔️ Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘usini shakllantiradi.



