“Climathon 2026”
26.04.2026 Поделиться
Iqlim o‘zgarishiga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan nufuzli “Climathon 2026” tanlovida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi Kızılbayeva Altınay Saparbay qizi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Climathon” tanlovining asosiy maqsadi — iqlim o‘zgarishi muammolariga innovatsion yondashuvlarni rag‘batlantirish, yoshlarning ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan holda yechim topish qobiliyatini rivojlantirish hamda barqaror rivojlanish g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat.
Bugungi kunda Respublikamizda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday tanlovlar esa yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kızılbayeva Altınay Saparbay qizini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



