News

“Kelajak muhandislari”

26.04.2026

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “AI Health” hakatonining saralash bosqichida institutimizning “Friends” jamoasi faol ishtirok etib, 71,8 ball to’plagan holda 2026-yil 27–30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mazkur jamoa tarkibida institutimizning Xalq tabobati yo‘nalishi 4-bosqich talabalari — Bayrammametov Anvar, Kaliev Ruslan, Risbaev Adilbek, Baxamdullaeva Dilbarxan va Amirxanova Aysanem faol ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash joizki, “AI Health” hakatoni iqtidorli talabalar uchun o‘z innovatsion g‘oyalarini namoyon etish, ularni yanada rivojlantirish hamda amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

“Friends” jamoasiga Respublika final bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda ular tomonidan yuksak natijalarga erishilishiga ishonch bildiramiz.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com