E'lonlar

“Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yil stipendiyasini qo‘lga kiriting

04.04.2026

“Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yil stipendiyasini qo‘lga kiriting

Indoneziya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Indonesia AID Scholarship” (TIAS) 2026-yil stipendiyasi doirasida talabalar va tadqiqotchilar Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🎓 Stipendiya quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  • O‘qish to‘lovi
  • Yashash xarajatlari
  • Tadqiqot ishlari
  • O‘quv adabiyotlari
  • Tibbiy sug‘urta
  • Ilmiy maqolalarni chop etish xarajatlari
  • Xalqaro aviachipta (viza xarajatlari bilan birga)
  • Universitetgacha transport xarajatlari
    📅 Hujjatlar qabul qilish muddati: 17-aprel 2026-yilga qadar.
    ✈️ Tanlab olingan stipendiatlar 20–31-avgust kunlari oralig‘ida Indoneziyaga yetib borishlari lozim.
    📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    Indoneziyaning Toshkentdagi Elchixonasi birinchi kotibi
    Sintiа S. Saeh Email:pensosbud.tashkent@kemlu.go.id
    Dasturda ishtirok etishga qiziqayotgan talabalar va xodimlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com