ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLAR

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Bo ‘lim boshlig‘i:

    Meldebekova Saule Undashevna Telefon:+998905752804 saule_meldebekova1932@mail.ru

Gabbarova Jadıra Nietalıevna Telefon:+998 91 3815757 jgabbarova@gmail.com

Bosh mutaxassis: 

   

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2025-yil 5-maydagi PQ-76-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, bevosita Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tarkibiga kiradi.

BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI

institut kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

  • institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlari (DTS)ga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini ta’minlay oladigan  professor-o‘qituvchilar tarkibini shakillantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati malakasini oshirish imkonini beradigan (ob’ektiv) shaffof tashkiliy mexanizimlarni yaratish;
  • professor-o‘qituvchilarning dars berishi sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
  • institutni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • o‘quv jarayinini normativ-huquqiy  hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligini va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
  • malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
  • bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakillantirish;
  • o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari  sifatining nazorat talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganib borish;
  • talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;
  • axborot-resrurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;
  • institutda plagiatga qarshi dasturlarning joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
  • institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • institutning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
  • institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
  • o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

Quyidagilar bo‘limning asosiy huquqlari hisoblanadi:

– institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini sifat jihatidan baholash va monitoring qilish;

– ichki audit va o‘zaro baholash tadbirlarini o‘tkazish;

– o‘quv, ilmiy, boshqaruv va boshqa jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha rahbariyatga tavsiyalar berish;

– sifatni ta’minlash sohasida uslubiy ko‘rsatmalar, me’yoriy hujjatlar va tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni nazorat qilish;

– institut xodimlari, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan so‘rovnomalar, intervyular o‘tkazish orqali fikr va takliflarni to‘plash;

– tashqi baholash (akkreditatsiya, attestatsiya) jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etish va hamkorlik qilish;

-qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanish.

Quyidagilar bo‘limning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:

– institutda sifatni doimiy takomillashtirish, sifat madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik maqsadlarga erishishni ta’minlash;

-ichki sifatni baholash jarayonlarini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini tahlil qilish;

– sifatni ta’minlash bo‘yicha milliy va xalqaro standartlarga muvofiqlikni nazorat qilish;

– sifatni oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

– har yili (yoki yarim yillik) sifatni ta’minlash holati bo‘yicha hisobot tayyorlash va ma’muriyatga taqdim etish;

– tashkilot xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun sifatni ta’minlash bo‘yicha o‘quv-trening tadbirlarini tashkil etish;

-xizmati davomida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash va noto‘g‘ri foydalanilishining oldini olish.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com